
Ronaldu endi Pele va Pushkashlar bilan bir qatorda tilga olinadigan bo‘ldi
«Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu ayni damda davom etayotgan «Ayaks»ga (1:1, ikkinchi bo‘lim) qarshi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.
Bu esa 34 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun professional faoliyatidagi 700-gol bo‘ldi. E’tiborlisi, Ronaldu shu tariqa faoliyati davomida 700tadan ortiq gol urgan futbol tarixidagi 6-futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, bungacha faqatgina Pele, Ferents Pushkash, Gerd Myuller, Romario va Yozef Bitsanlar 700tadan ko‘p gol urishgan edi.
Fikrlar