Ronaldu baribir Messidan zo‘r!

  • 15 noyabr, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi hujumkor futbolchisi Tomas Myuller PSJda o‘ynayotgan Lionel Messi va “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni solishtirdi.

Tecno

- Ronaldu kuchlimi yoki Messi? Men bu savolga Ronaldu, deb javob beraman. Leo va uning jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarda bizning statistikamiz ijobiy ko‘rinishga ega. Ronaldu qarshi esa vaziyat mutlaqo boshqacha, - dedi Tomas Myuller.

Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida futbolchilarga beriladigan eng nufuzli indiviual sovrin – “Oltin to‘p”ni besh marotaba qo‘lga kiritgan. Lionel Messida bu sovrindan ettitasi bor.

Shunga qaramay, portugaliyalik yulduz futbol tarixida klublar miqyosida ham, milliy terma jamoa uchun ham eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida rekord o‘rnatgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!