Ronaldu aslida “Manchester Siti”ga otlangan edi...

  • 14 noyabr, 2022, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning 37 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”dan “Manchester Siti”ga o‘tishga yaqin bo‘lganini tan oldi.

Tecno

Aslida “Manchester Yunayted”ni yuragim amri bilan tanlagandim. Lekin ser Aleks Fergyuson ketganidan keyin klubda hech qanday o‘sish bo‘lgani yo‘q. Hech narsa o‘zgarmagan. Albatta, Aleks Fergyuson klub o‘z nomiga munosib bo‘lgan yo‘lda emasligini hammadan ko‘ra yaxshiroq biladi.

“Manchester Siti”ga o‘tish varianti chiqqanida ser Aleks Fergyuson menga “Sen ular safiga qo‘shila olmaysan!”, dedi. Men esa unga “Xo‘p bo‘ladi, xo‘jayin”, deb javob qaytardim, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Ma’lum bo‘lishicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati Ronalduga “shaharliklar”ga nisbatan kattaroq maosh va’da qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!