
Ronaldu "Al-Tai" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi
Saudiyaning “An-Nasr” klubining yulduzi Krishtianu Ronaldu milliy chempionatda “Al-Tai” ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.
“Yana bir muhim g‘alaba. Ketma-ket to‘qqiz ochko. Xuddi shunday ruhda davom etishimiz kerak”, - deb yozdi 38 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 2:1 hisobida “An-Nasr” foydasiga hal bo‘lgandi. Uchrashuv yakunida Krishtianu 11 metrlik nuqtadan hal qiluvchi golni kiritdi.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Ronaldu ettita o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol (uchtasi penaltidan) va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar