
Ronaldinoning "qiyin" kunlari tugadi
Paragvay sudi Braziliya terma jamoasini sobiq futbolchisi Ronaldinoni besh oylik uy qamog‘idan so‘ng, ozodlikka chiqarishga qaror qildi. Futbol yulduzi qalbaki pasport mojarosi tufayli uy qamog‘i jazosini Paragvaydagi mehmonxonada o‘tadi.
Asunson shahri sudyasi 90 ming dollar kompensatsiya evaziga Ronaldinoni barcha ayblovlardan xoli ekanini tasdiqlovchi qaror chiqardi.
- Uy qamog‘i shaklidagi jazo turi bekor qilindi, endi hech qanday cheklov yo‘q, - dedi sulya Gustavo Amarilla.
Ronaldino akasi Roberto de Assis Moreyre bilan birga mart oyida Asunson shahri aeroportida qalbaki pasport bilan qo‘lga tushgandi. Aprel oyida 1,6 million dollar miqdorida badal to‘lagan aka-ukalar Paragvay qamog‘idan chiqarilib, uy qamog‘iga hukm qilindi. Ular besh oy davom etgan bu jazoni mamlakatning eng zo‘r mehmonxonasi – “Pamaroga”da bir tun uchun 380 dollardan mablag‘ to‘lab o‘tkazdi.
Fikrlar