
Ronaldino og‘ir judolikka uchradi
Jahon futboli yulduzi Ronaldinoning oilasida musibat yuz berdi. Sobiq futbolchining onasi Migelina Eloi Dos Santos koronavirusning og‘ir formasiga yo‘liqish oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Ronaldino 2020 yilning dekabrida uning onasi koronavirusga chalinib, shifoxonaga yotqizilganini xabar qilgandi.
Ronaldino futbolchilik faoliyatini rasman 2018 yilning 16 yanvarida yakunlagan. U Braziliya terma jamoasi bilan 2002 yilgi jahon chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. 2006 yilda “Barselona” bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Ronaldino 2005 yilda “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan.
Fikrlar