Romano Van Deykning "Real"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi

  • 7 noyabr, 20:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Fabritsio Romano "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deykning "Real"ga transferi borasidagi mish-mishlar haqida gapirdi.

Tecno

"Ispaniyada Van Deykning "qaymoqranglilar" safiga kelib qo‘shilishi haqidagi gap so‘zlar ko‘paygani esimda. Ammo himoyachining "Liverpul"dan hech qaerga ketish niyati yo‘q ekanini juda yaxshi bilaman. Virjil o‘zini "qizillar"ning loyihasida muhim rol o‘ynashini tushunib turibdi. U mersisaydliklar bilan yangi kelishuvlardan doim manfaatdor bo‘lgan", - dedi insayder Romano.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli futbolchi "Liverpul" jamoasi safida 2018 yildan buyon to‘p tepib keladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!