
Romano: Onana "Manchester Yunayted"ga o‘tishga yaqin
"Inter" darvozaboni Andre Onana faoliyatni "Manchester Yunayted"da davom ettirish ehtimoli yuqori.
Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar transfer borasida kelishuvga erishish arafasida. Unga ko‘ra, Angliya grandi Onana uchun 50 million evro va qo‘shimcha 5 million evro to‘laydi. Posboning o‘zi allaqachon "Manchester Yunayted"ga o‘tishga rozi bo‘lgan.
Mish-mishlarga ko‘ra, "qizil iblislar" transfer bozorida to‘xtab qolmoqchi emas. Klubning keyingi maqsadi hujumchi sotib olishdir. Variantlar orasida Rasmus Xyoylunn va Gonsalo Ramush bor.
Fikrlar