
"Roma"ning Shomurodov bo‘yicha pozitsiyasi aniq
Rimning "Roma" klubi "Budyo-Glimt" futbolchisi Ola Solbakkenni sotib olish niyatida. Bu haqda "La gazetta dello Sport" nashri xabar berdi.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, Belotti hamda Kamarani o‘z safiga qo‘shib olgan "bo‘rilar" uchun ushbu transferlar so‘nggisi emas.
Rim klubi rahbariyati hamyurtimiz Eldor Shomurodovni sotmoqchi va uning xarididan tushgan pulni norvegiyalik hujumchi transyaeriga sarflamoqchi.
Qayd etish lozim, Eldorga ayni vaqtda "Bolonya" hamda "Trabzonspor" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar