
“Roma”da gol urolmagan hujumchi “Manchester Yunayted”ga yordam berarmidi?
“Manchester Yunayted” rahbariyati qishki transferlar oynasi yopilgunga qadar “Roma” hujumchisi Temmi Abraxamni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda.
Manchesterliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoani tark etgan Krishtianu Ronaldudan bo‘shagan o‘rinni aynan Abraxam bilan to‘ldirmoqchi.
O‘tgan mavsumda Temmi rimliklar safida 53 ta uchrashuvda 27 ta gol urib, qator grand klublarni o‘ziga qaratgan edi. Lekin Italiyadagi ikkinchi mavsum Temmi uchun juda qiyin kechmoqda.
“Roma” rahbariyati yaxshi taklif bo‘lsa, gol urishni “unutib” qo‘ygan o‘yinchini sotib yuborishga tayyorligi bildirgan. Bu transfer 45-50 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar