“Roma” yulduzi Rossiyadan chorlov bo‘layotganini tan oldi

  • 9 sentabr, 2021, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Rossiya premer-ligasidan taklif bo‘layotganiga munosabat bildirdi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Spartak”, “Zenit” va TsSKA armanistonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lyapti.

Tecno

- Bu borada turli gap-so‘zlar bo‘layotgani hech kimga sir emas. Hozir Rossiya chempionatiga bora olmayman, chunki “Roma”da o‘ynayapman va bu erda o‘zimni yaxshi his qilyapman. Kelajakda nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Oldindan biror nima deb bo‘lmaydi, - dedi Mxitaryan.

32 yoshli futbolchi avval to‘rt yil davomida Ukrainaning “Metallurg” va “Shaxtyor” kabi jamoalarida to‘p tepgan. Keyinchalik, “Borussiya Dortmund”, “Manchester Yunayted”, “Arsenal” kabi nufuzli jamoalar sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!