“Roma” Shomurodov va yana 18 nafar futbolchini kuzatib qo‘ydi!

  • 3 sentabr, 2024, 19:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahonning aksariyat ligalarida FIFA kunlari munosabati bilan qisqa tanaffus e’lon qilindi. Endi futbol ishqibozlari o‘z mamlakatlari terma jamoalari ishtirokidagi rasmiy va o‘rtoqlik o‘yinlari guvohi bo‘lishadi.

Tecno

O‘z yurtlari terma jamoalariga jalb qilingan futbolchilar ikki hafta davomida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va xalqaro o‘yinlarda qatnashishi belgilangan.

Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ham 2026 yilgi jahon chempionati saralash musobaqasi uchinchi bosqichidagi yurishini boshlaydi. Bosh murabbiy Srechko Katanets sentyabr oyi yig‘ini va o‘yinlariga “Roma”da qolgan hujumchimiz Eldor Shomurodovni ham chaqirdi.

Umuman olganda, “Roma” Eldor Shomurodovdan tashqari, yana 18 nafar futbolchisi turli mamlakatlar terma jamoalariga kuzatib qo‘ydi.

Bu borada Rim klubi faoliyatini yoritib kelayotgan laroma24.it sayti batafsil ma’lumot tarqatdi. Ushbu manbaga ko‘ra, “Roma” klubi vakillari 4-10 sentyabr kuni bo‘ladigan o‘yinlarda ishtirok etadi.

Lorentso Pellegrini: Frantsiya - Italiya (6 sentyabr), Isroil - Italiya (9 sentyabr)

Evan Ndika: Kot-d'Ivuar - Zambiya (6 sentyabr) Chad - Kot-d'Ivuar (10 sentyabr)

Nikola Zalevski: Shotlandiya-Polsha (5 sentyabr), Xorvatiya - Polsha (8 sentyabr)

Artyom Dovbik: Ukraina - Albaniya (7 sentyabr), Chexiya - Ukraina (10 sentyabr)

Zeki Chelik: Uels - Turkiya (6 sentyabr), Turkiya - Islandiya (9 sentyabr)

Leandro Paredes, Matias Sule, Paulo Dibala: Argentina - Chili (sentyabr), Kolumbiya - Argentina (10 sentyabr)

Eldor Shomurodov: O‘zbekiston – Shimoliy Koreya (5 sentyabr), Qirg‘iziston - O‘zbekiston (10 sentyabr)

Aleksis Salemakers: Belgiya - Isroil (6 sentyabr), Frantsiya - Belgiya ( 9 sentyabr)

Manu Kone: Frantsiya - Italiya (6 sentyabr), Frantsiya - Belgiya (9 sentyabr)

Saud Abdulhamid: Saudiya Arabistoni - Indoneziya (5 sentyabr), Xitoy – Saudiya Arabistoni (10 sentyabr)

Metyu Rayan: Avstraliya - Bahrayn (5 sentyabr ), Indoneziya - Avstraliya (10 sentyabr)

Tommazo Baldanzi, Nikkolo Pizilli: Italiya - San-Marino (5 sentyabr), Norvegiya - Italiya (10 sentyabr)

Semyuel Dal: Shvetsiya - Gibraltar (6 sentyabr), Moldova - Shvetsiya (10 sentyabr)

Renato Marin, Federiko Narden: Angliya - Italiya (4 sentyabr), Italiya - Shotlandiya (7 sentyabr)

Buba Sangare: Ispaniya U-19 terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini (3-8 sentyabr).

Eldor Shomurodov jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan terma jamoamiz sardori va eng zo‘r to‘purari hisoblanadi. 29 yoshli forvard xalqaro miqyosda 72 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 40 ta gol urgan.

O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati saralash musobaqasi uchinchi bosqichida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Qirg‘iziston, Eron, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalari bilan raqobatlashadi. Qoidaga ko‘ra, guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqadi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rin sohiblari yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!