
“Roma” o‘yinchisiga ikkita baquvvat klub xaridor
“Roma” rahbariyati 23 yoshli markaziy himoyachi Rojer Ibanesni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
Il Messaggero nashrining xabar berishicha, poytaxt klubi braziliyalik o‘yinchini 20 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishi mumkin.
Rojerga asosiy da’vogar sifatida Angliya premer-ligasining eng baquvvat klubiga aylangan “Nyukasl” tilga olinmoqda.
Shuningdek, “Milan” ham Ibanesni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Angliyaliklar farqli ravishda milanliklar uning transfer summasini pasaytirishga urinmoqda.
Rojer Ibanes o‘tgan mavsum 51 marotaba maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar