
"Roma" hujumchisini "Tottenxem"ga chorlashmoqda
Londonning "Tottenxem" klubi "Roma" hujumchisi Jengiz Underga qiziqib qoldi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar” turkiyalik futbolchini qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. O‘z navbatida Underning o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. Unga esa shuningdek "Milan" ham qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, Under joriy mavsum “Roma” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar