Ana xolos: Transfer rekordi o‘rnatildi!

  • 21 iyun, 08:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni “Liverpul” Florian Virtsning jamoaga o‘tganini rasman e’lon qilganidan keyin mamlakatda eng qimmatbaho transfer rekordi o‘rnatildi.

Tecno

Nufuzli baza – Transfermarkt portalida “qizillar” 22 yoshli pleymeyker uchun “Bayer”ga 125 million evro to‘lagani qayd etildi.

Manbaga ko‘ra, Virtsning transferi 2022-2023 yilgi mavsumda “Benfika”dan “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan Entso Fernandesning rekordini ortda qoldirdi. O‘shanda “aristokratlar” argentinalik jahon chempioni uchun portugaliyaliklarga 121 million evro to‘lagan edi.

Shuningdek, “Manchester Siti”ning Jek Grilishni olgan transfer ko‘rsatkichlari  Angliya futboli tarixidagi eng qimmat uchinchi transfer bo‘ldi. Xosep Gvardiola tanlagan futbolchini olib berish uchun klub 2022 yili “Aston Villa”ga 117,5 million evro o‘tkazib bergandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!