Levandovskining keyingi manzili ma’lum

  • 21 iyun, 13:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonida Robert Levandovski "Barselona" bilan shartnomasi yakunlangach, ularning biror klubiga qo‘shilishiga ishonch bildirilmoqda. Bu haqda Sport.es nashri Al-Riyadiyah'ga tayanib xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi 36 yoshli hujumchi bilan 2026 yildan keyin shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Levandovski faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish istagini futbolchining agenti tasdiqlagan.

O‘tgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda ishtirok etib, 42 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!