"Roma" hujumchisi nemis klubida yana bir necha oy ushlanib qoladi

  • 2 iyul, 2020, 18:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni “RB Leyptsig” safida ijarada o‘tkazayotgan “Roma” hujumchisi Patrik Shik avgustgacha, ya’ni Chempionlar ligasi yakunlangunicha nemis klubida qoladigan bo‘ldi.

Tecno

Gap shundaki, “RB Leyptsig” rahbariyati 24 yoshli chexiyalik futbolchining ijara muddatini uzaytirish bo‘yicha rimliklar bilan kelishuvga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar ligasi koronavirus sabab mart oyida to‘xtatib qo‘yilgan edi. Endi u avgust oyida Lissabonda mini turnir sifatida o‘tkaziladi. "RB Leyptsig" esa o‘zining asosiy hujumchisi Timo Vernerni "Chelsi"ga sotib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!