
"Roma" gollar shousida "Kalyari"dan ustun keldi (video)
Italiya A Seriyasining 14-turida “Roma” o‘z maydonida “Kalyari”ni qabul qildi.
Rimdagi o‘yin 3:2 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. “Roma”ning safida gollarni Jordan Veretu (11'), Edin Jeko (71') va Janluka Manchini (77') kiritdi. Mehmonlarning har ikkala goliga ham Juan Pedro (59', 90') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar