
"Roma" futbolchisining agenti "Yuve" rahbariyati bilan uchrashdi
"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanoloning agenti "Yuventus" rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, tomonlar Nikoloning transferini muhokama qilgan. Agar futbolchi "bo‘rilar" bilan shartnomani uzaytirmasa, katta ehtimol bilan yozda Turinga ko‘chib o‘tadi.
2021/2022 yilgi mavsumda Dzanolo A Seriyada 20ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va bitta golga hammulliflik qilgan.
Fikrlar