
“Roma” eng zo‘r himoyachi tark etmoqchi
“Roma” himoyasining etakchi vakili Kris Smollingning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
33 yoshli futbolchida hamkorlikni bir tomonla uzaytirish huquqi bor. Biroq, Kris bunga shoshilayotgani yo‘q.
“Roma” Smollingga umumiy maoshi 5 million evroga yaqin bo‘lgan ikki yillik shartnoma bergan. A Seriyaning boshqa vakillari – “Inter” va “Yuventus” ham o‘yinchini ikki mavsum o‘zida o‘ynatishga tayyor.
Ayrim manbalarning ta’kidlashicha, Kris Smolling Angliya premer-ligasiga qaytishni rejalashtirmoqda. Tajribali himoyachi faoliyatini so‘nggi yillarini o‘z vatanida, oilasi bag‘rida o‘tkazmoqchi.
Fikrlar