“Roma” bu futbolchidan quruq qolishi mumkin

  • 19 noyabr, 2022, 20:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” asosiy himoyachisi Kris Smollingdan  ayrilishi mumkin. Futbolchining agenti Jeyms Fezerstoun mijozi atrofidagi vaziyatga izoh berdi.

Tecno

- “Roma”ning Smolling bilan shartnomasida kelishuvni uzaytirish borasida hech qanday band yo‘q. Bitim 2023 yilning 30 iyunida tugaydi. Futbolchining o‘zi bor e’tiborini futbolga qaratgan va “Roma” bilan katta yutuqlarga erishmoqchi.

Kris klubda o‘zini juda yaxshi his qilmoqda, shaharga va muxlislarga o‘rganib qolgan, ularni yaxshi ko‘radi, - dedi  Jeyms Fezerstoun.

32 yoshli himoyachi joriy mavsumda A Seriyada 15 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga uchta to‘p yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali uni 8 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!