“Roma” bir transferni o‘xshata olmayapti

  • 23 dekabr, 2022, 10:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourino talabi bilan “Sassuolo” etakchisi Davide Frattezining transferi bo‘yicha ish boshlagan edi.

Tecno

23 yoshli yarim himoyachining o‘zi “Roma”ga qaytishga qiziqib turibdi. Davide “bo‘rilar” safida tarbiyalangan va keyinchalik asosiy tarkibga kira olmagani uchun poytaxtni tark etgandi.

Rimliklar bu transferni yanvarda amalga oshira olmaydigan bo‘ldi. Bunga sabab “Sassuolo” o‘z etakchisini mavsum o‘rtasida qo‘yib yuborishdan bosh tortdi.

Endi tomonlar muzokaralarni yozda davom ettiradi. Frattezining transfer summasi 35 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!