
"Roma" 3-daqiqada gol urdi va keyin o‘z darvozasidan 4 ta gol o‘tkazib yubordi (video)
Italiya A Seriyasining 13-turida “Atalanla” o‘z maydonida “Roma”ga qarshi bahs olib bordi.
Garchi o‘yinda hisobni rimliklar ochgan bo‘lsada, yakunda mezbonlar 4:1 hisobida zafar quchishdi. Bergamoliklarning gollarini Duvan Sapata (59'), Robin Gosens (70'), Luis Muriel (72') va Yosip Ilichich (85') kiritdi. “Roma”ning yagona goliga Edin Jeko (3') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qiling:
Fikrlar