
Rodri “Oltin to‘p” egasiga aylanganidan keyin birdaniga uchta superklubdan taklif oldi
2024 yilgi “Oltin to‘p” sovrini “Manchester Siti” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Ernandesga nasib qildi.
Nufuzli sovringa ega bo‘lgan futbolchiga darrov yangi xaridorlar chiqdi.
Cadena Ser nashrining ma’lum qilishicha, tayanch yarim himoyachini “Real”, “Barselona” va “Bavariya” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
“Shaharliklar” esa, jamoaning etakchi o‘yinchilaridan hisoblangan Rodrigo Manchesterda uzoqroq qolishini istayapti. Ular ispan futbolchisiga 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomani yangilashni va hamkorlik muddatini uzaytirishni taklif qilmoqda.
Rodri Ernandes yozda Ispaniya milliy terma jamoasi bilan Evropa chempionatida g‘olib chiqdi. Musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgan charm to‘p ustasining transfer summasi 130 million evroga ko‘tarildi.
Fikrlar