Reshfordning "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinni nega zaxiradan boshlagani ma’lum bo‘ldi

  • 8 yanvar, 2023, 21:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag kechikib kelganligi uchun Reshfordni zaxirada qolganligiga izoh berdi.

Tecno

"Balki bu tavakkaldir, biroq biror narsani rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, g‘alabaga bo‘lgan munosabatni yaratmoqchi bo‘lsangiz shu yo‘ldan borishingiz kerak. Agar siz futbolchini intizomsizligiga ko‘z yumsangiz, ular belgilangan standartlar, qadriyatlar, qoidalarga rioya qilmasa, bu sizga zarba beradi.

Maydonda g‘alaba qozonish uchun intizom juda muhim", - dedi manchesterliklar bosh murabbiyi ten Xag.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik futbolchi mazkur o‘yinda zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, g‘alaba to‘pini kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!