
Reshford: "Mish-mishlar tarqatishni bas qiling"
Markus Reshford "Manchester Yunayted"dagi holati haqida mish-mishlar tarqalganidan g‘azabda.
Angliyalik futbolchi o‘zining MYudagi kelajagi xavf ostida ekanligi yozilgan tvitga izoh berdi:
"Iltimos, mish-mishlarni tarqatishni bas qiling", - deb yozdi Markus.
Hujumchi shanba kuni "Fulxem"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Avvalroq, "shaharliklar" uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:3) futbolchi tungi klublardan birida o‘tkazilgan ziyofatga tashrif buyurgan va buning uchun Ten Xagdan uzr so‘ragan edi. Biroq uning "Fulxem" bilan o‘yinda ishtirok eta olmasligi mashg‘ulotlarda olgan jarohati bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi.
Fikrlar