
Reshford dubl qayd etgan bahsda "Manchester Yunayted" g‘alaba qozondi
APLning 23-turida "Manchester Yunayted" o‘z uyida "Lester"ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab 25-daqiqada jamoa to‘purari Markus Reshford hisobni ochdi. Birinchi taymda darvozalarga boshqa yo‘l topilmadi.
Ikkinchi taymning 56-daqiqasida Reshford yana bir marta gol urib, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.
Birozdan so‘ng, 61-daqiqada Sancho ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Uchrashuvda boshqa gol urilmadi.
Fikrlar