
Reshford "Aston Villa"ga o‘tisha yaqin turibdi
2016 yilda "Manchester Yunayted" akademiyasidan asosiy jamoaga o‘tgan Markus Reshford jamoani tark etishga yaqin turibdi.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, ingliz hujumchisini Birmingem klubi ijaraga oladi. Futbolchi bilan kelishib olingan. Jamoalar ayni paytda shartnomaga sotib olish bandini qo‘shish ustida muzokaralar olib borishmoqda.
Reshfordning "Aston Villa"ga o‘tish ehtimoli yuqori. U mazkur qishda "qizil iblislar" safiini tark etishi deyarli aniq edi. Markusni "Borussiya" va "Barselona" olishi haqida mish-mishlar tarqaldi, lekin Kataloniya klubi tomonidan hech qanday faol harakat kuzatilmadi.
Eslatib o‘tamiz, Reshford "Manchester Yunayted" tarkibida 426 ta o‘yinda maydonga tushib, 138 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, 63 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar