
Rendi Kutyur ayni paytda eng buyuk MMA jangchisi kimligini aytdi. Bu Jon Jons, Maxachev yoki Makgregor emas!
UFC shon-shuhrat zali a’zosi va afsonaviy amerikalik jangchi Rendi Kutyur ayni paytdagi eng buyuk MMA jangchisi deya kimni hisoblashini aytdi.
“Maykl Chendler doim xayolimga keladi. U bir nechta turli yuqori promoushenlarda ishtirok etgan va ancha vaqtdan beri chempionlik uchun da’vogar bo‘lib kelmoqda. Uning Konor Makgregor bilan jang qilishiga ko‘pchilik umid qilmoqda. Ammo men bunga ishonmayman”, — deb Kutyurning so‘zlarini keltiradi "Bloody Elbow".
Eslatib o‘tamiz, Maykl Chendler (23-8) 16 noyabr kuni "UFC 309" turnirida Charlz Oliveyra(34-10-1 N/C)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar