
Rekordlarni yangilashdan charchamaydigan Yamal Evroni ham zabt etmoqda
Ispaniya birinchi turda Xorvatiyani qabul qilib, yirik hisobda zafar quchdi. Ushbu uchrashuvda xorvatlardan ko‘p narsa kutganlar ham yo‘q emasdi. Sababi, Dalich shogirdlari katta jamoalarga qarshi qanday o‘ynashni juda yaxshi bilishadi, lekin bu safar Xorvatiyaga biroz omad ham etishmadi. Biz gaplashadigan mavzu esa boshqa.
"Barselona"da ajoyib mavsum o‘tkazgan Lamin Yamal Evroda ham to‘xtab qolmoqchi emas. Uning Xorvatiyaga qarshi ko‘rsatgan o‘yini bolakayning katta bellashuvlaga ham tayyor ekanligini yana bir isbotidir. Ayniqsa, birinchi taym so‘nggida Dani Karvaxalning goliga bergan assisti shunchaki shedevr edi.
Yamal asosiy tarkibda maydonga tushib, Evro tarixida o‘ynagan eng yosh futbolchiga aylandi. Shu bilan birga, u eng yosh asisst muallifiga sazovor bo‘lishga ulurdi. Qo‘shimchasiga, "Real" a’zosiga golli pas bergan eng yosh "Barselona" o‘yinchisi hamdir. Yana bir qiziqarli faktlardan biri shuki, so‘nggi Evrosini o‘tkazayotgan Luka Modrich mazkur chempionatda debyut qilganida hali ispaniyalik vinger dunyoga kelmagandi.
Ushbu uchrashuv bo‘lib o‘tgan kunda Yamalning otasi Munirning tug‘ilgan kuni edi. U stadiondan o‘g‘lining o‘yinini tomosha qildi va biz kabi rohatlandi.
Shunchaki, Yamal Yshoko Gvardiolning narxini yana pasaytirdi (Bundan oldin Lionel Messi JChda bu ishni qilgandi). Vinger 3 ta xavfli vaziyat yaratib, 4 ta muvaffaqiyatli dribling amalga oshirdi. Bu esa "Manchester Siti" himoyachisiga "qimmatga tushdi".
Endi Ispaniyani ikkinchi turda Italiya bilan bo‘lib o‘tadigan bahs kutib turibdi. Luchano Spalleti shogirdlari Albaniyani taslim qilib, turnirni g‘alaba bilan boshladi va o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlab ham oldi.
Fikrlar