"Manchester Siti" Husanov o‘ynayotgan pozitsiyaga "Barselona" yulduzini olib kelmoqchi bo‘lgan
Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Barselona" himoyachisi Jyul Kundeni sotib olish imkoniyatiga qiziqish bildirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda kataloniyaliklar sport direktori Deku aytib o‘tdi.
- "Manchester Siti" bizdan Jyul Kunde sotiladimi, deb so‘radi, lekin biz yo‘q, deb javob berdik. Rasmiy taklif ham, hech qanday muzokaralar ham bo‘lmagan, - deya funktsionerning so‘zlarini keltirdi Mundo Deportivo.
2022 yilda "Barsa" Kundeni "Sevilya"dan 50 million evroga sotib oldi. Joriy mavsumda frantsuz barcha turnirlarni hisobga olgan holda sakkizta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
26 yoshli Kundening "Barselona" bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 65 million evroga baholamoqda.
Hozirda, "shaharliklar"ning o‘ng qanot himoyasida ko‘pincha legionerimiz Abduqodir Husanov to‘p surmoqda. Terma jamoamiz a’zosi to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qilgan o‘yinlarda "Siti" mag‘lub bo‘lmadi va gol o‘tkazib yubormadi.



Fikrlar