Rekord uchun bitta qadam qoldi: Virts va “Liverpul” o‘rtasidagi muzokaralar yakunlangan

  • 4 iyun, 12:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer"ning yulduz yarim himoyachi Florian Virts "Liverpul" formasini kiyishga juda yaqin qoldi. 
 
"Bild" nashri o‘z sahifalarida xabar berishicha, mersesaydliklar direktori Maykl Edvards rahbariyatdan Virtsni jamoaga qo‘shib olish uchun 150 million evro ajratishga ruxsat olgan. Shunday qilib, "qizillar" germaniyaliklarning 22 yoshli futbolchiga qo‘ygan talabini qondirmoqchi. Florianning o‘zi "Liverpul" bilan 5 yillik shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, Virtsning transferi Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi mumkin. Virts o‘tgan mavsum 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, 16 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 
 
Eslatib o‘tamiz, 2024/2025 yilgi mavsumda "Liverpul" Angliya chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!