
“Real”ning yangi futbolchisi o‘z jamoadoshlarini “sindiryapti”
“Chelsi”dan “Real”ga o‘tgan Antonio Ryudiger madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga o‘zini ko‘rsatib qo‘yish ilinjida mashg‘ulotlarda juda qattish ishlamoqda.
Biroq, bu “Real” o‘yinchilariga ham, muxlislarga ham ma’qul kelayotgani yo‘q. Chunki germaniyalik himoyachi mashg‘ulot vaqtida ketma-ket ikki jamoadoshiga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘ynadi.
Birinchi vaziyatda, Ryudiger endi jarohatdan qutilgan Eden Azarni yig‘itdi. Jarohatga moyilligi bilan ajralib turadigan belgiyalik futbolchi mashg‘ulotni davom ettirolmadi.
Yana bir holatda Antonio Luka Modrichga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘ynadi. Xorvatiyalik pleymeyker ham o‘ziga kelib olguncha, bir necha daqiqa maydonda yotishiga to‘g‘ri keldi.
Muxlislar Ryudiger mavsum yaqinlashgan paytda asosiy tarkibdagi jamoadoshlarini shikastlab qo‘yishidan xavotirga tushgan.
Fikrlar