
"Real"ning sobiq murabbiyi "Vilyarreal"ni boshqarishi mumkin
Yaqinda Angliyaning "Vulverxempton" klubini tark etgan taniqli ispaniyalik mutaxassis Xulen Lopetegi La Ligada ishlash imkoniyatiga ega, deb xabar beradi "Todofichajes".
Manbaga ko‘ra, bir kun avval Kike Setenni ishdan bo‘shatgan "Vilyarreal" Lopetegi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ispaniya chempionatida Lopetegi Madridning "Real", "Sevilya" va "Rayo Valekano"dagi faoliyati bilan tanilgan. Qolaversa, u Ispaniya terma jamoasini ham boshqargan.
"Vilyarreal" La Liganing yangi mavsumini yomon boshladi va to‘rt turdan keyin 15-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar