
"Real"ga o‘tishi kutilayotgan Bellingem Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi!
Germaniya Bundesligasining joriy mavsumi ham o‘z yakuniga etdi. Unda "Bavariya" 71 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi.
"Borussiya" Dortmund ham 71 ochko to‘pladi. Biroq o‘zaro o‘yinlar va to‘plar farqidagi ustunlik sabab kubok myunxenliklarga nasib etdi. "Leyptsig" klubi 66 ochko bilan 3-o‘rinni band etdi.
Yakunlangan mavsumning eng yaxshi futbolchisi ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, "Borussiya" Dortmund vakili Jud Bellingem bu nominatsiyada g‘olib bo‘ldi.
"Real" Madridga o‘tishi kutilayotgan angliyalik yarim himoyachi joriy mavsum Bundesliganing 31 o‘yinida qatnashib, 8 gol va 5 assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar