
"Real"ga Benzema o‘rniga superto‘purar keladi!
“Chelsi” hujumchisi Romelu Lukaku yozgi transferlar vaqtida “Real”ga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Defensa Central nashrining xabar berishicha, madridliklar jarohatlarga moyil bo‘lib qolgan Erling Xoland o‘rniga jismonan baquvvat Romelu Lukakuni transfer qilishni mo‘ljallamoqda. Kelajakda Romelu hozirgi to‘purar Karim Benzema o‘rnini bosishi kerak bo‘ladi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Chelsi”da ishlari yurishmagan belgiyalik to‘purarning o‘zi ham Chempionlar ligasi finaliga yo‘llanma olgan “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tish istagini bildiryapti.
“Aristokratlar” bosh murabbiy Tomas Tuxel talabi bilan Lukakuni olish uchun “Inter”ga 97,5 million funt to‘lagan edi. Rekord transfer egasiga aylangan Romelu Londonga kelganidan keyin germaniyalik mutaxassisning taktikasiga umuman tushmadi. U bosh murabbiy talabiga qaramay, o‘yin uslubini o‘zgartirgani yo‘q.
Bu mavsum 23 ta uchrashuvda beshta gol urgan Lukakuning transferi 85 million evroga baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha davom etadi.
Fikrlar