
"Real"da yana bir katta yo‘qotish
"Real"ni La Liga navbatdagi turi doirasida "Valyadolid"ga qarshi o‘yin kutib turibdi. Bosh murabbiy bu bahs uchun qaydnomani e’lon qildi. Undan "Qirollik klubi" yulduzi Eden Azar ham o‘rin olgan edi.
Ammo klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, belgiyalik bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Uning o‘ng oyoq mushaklarida muammo aniqlangan va taxminan 3-4 haftani o‘tkazib yuborishi aytilmoqda.
Avvalroq, Toni Kroos hamda Eder Militao ham jarohat tufayli maydonga tushmasligi xabar qilingan edi.
Fikrlar