"Real"da ikki, PSJda esa bir yulduz javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi
"Real" Madrid yarim himoyachisi Toni Kroos Uefa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan PSJga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Germaniyalik futbolchining chap oyoq son qismida kichik yorilish mavjud va u katta ehtimol bilan Madridda bo‘lib o‘tadigan bahsda maydonga tushmaydi.
Jurnalist Migel Diasning xabar berishicha, "qaymoqranglilar"ning yana bir pleymeykeri Fede Valverde "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuvda o‘ynay olmaydi. Shuningdek, uning PSJga qarshi bellashuvga qadar qaytishi so‘roq ostida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, hozirda parijliklar safida to‘p tepayotgan "qirollik klubi"ning sobiq sardori Serxio Ramosning ham ushbu muhim bahsni o‘tkazib yuborishi aytilayotgandi.

Fikrlar