
“Real” yulduziga tezda yangi jamoa topildi
“Real”ni tark etishi kutilayotgan braziliyalik himoyachi Marselo tezda o‘ziga yangi klub topdi.
33 yoshli futbolchi yozgi transferlar vaqtida “Fenerbahche” jamoasi safiga qo‘shilishga qaror qildi. Turklar tajribali futbolchiga muntazam o‘yin vaqti va yaxshi daromadli 2-3 yillik shartnoma taklif qilyapti.
“Qirollik klubi”ga kerak bo‘lmay qolgan Marselo AQSh yoki Braziliya chempionatiga qaytib ketishi kutilayotgan edi. Biroq, u Evropada qolishni ma’qul ko‘rmoqda.
Yakunlangan mavsumda Marselo Ispaniya chempionatida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoadoshlariga ikkita golli pas uzatdi.
Fikrlar