
“Real” yulduzi Gvardiolaning oldiga borishdan bosh tortdi
“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos madridliklar bilan shartnomasi tugayotgani bois, “Manchester Siti”dan taklif olgan edi.
Germaniyalik futbolchi Angliya klubi vakillariga “shaharliklar” safiga o‘tish uning rejasida yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda Defensa Central nashri xabar tarqatdi.
Toni Kroos hali madridliklar bilan kelishuvni yangilamadi. Shuning uchun ham futbolchi yanvardan boshlab, har qanday klub bilan muzokara olib borish huquqiga ega.
“Qirollik klubi” tajribali o‘yinchini olib qolishga qarshi emas. Biroq Kroos yangi bitimni qabul qilishga shoshilmayapti. U yozda faoliyatini yakunlanishi mumkinligini ham aytgan.
Fikrlar