"Real" yulduzi ashaddiy raqobatchi bilan kelishib qo‘ydi

  • 21 fevral, 2022, 21:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi vingeri Isko Alarkon faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirishga yaqin turibdi.

Tecno

Xorij OAV xabariga ko‘ra, ispaniyalik iste’dod sohibi xizmatiga "Sevilya" qiziqish bildirmoqda. 29 yoshli futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchi. Shu sabab, andalusiyaliklar tarkibiga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan.

Qayd etilishicha, futbolchi va klub o‘zaro og‘zaki kelishuvga erishgan. U yozda erkin agent sifatida "Sevilya" libosini kiyadi. Avvalroq, Alarkonga Italiyadan "Yuventus", Angliyadan "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Isko 2013 yildan beri "qirollik klubi" sharafini himoya qilib keladi. Bu vaqt oralig‘ida u madridliklar bilan 4 bor Evropa Chempionlar ligasida zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!