“Real” yozga mo‘ljallangan birinchi transferni hal qildi

  • 4 fevral, 2023, 12:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mavsum yakunlanganidan keyin tarkibini kuchaytiradi. Klub birinchi bo‘lib, “Rayo Valekano” himoyachisi Fransisko Garsiyani o‘z safiga qo‘shib oladi. Bu haqda taniqli insayder Nikola Skira xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, 23 yoshli futbolchi madridliklar bilan 2028 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolaydi. “Real” futbolchi uchun “Rayo Valekano” g‘aznasiga besh million evro o‘tkazib beradi.

Joriy mavsumda Garsiya 19 ta uchrashuvda qatnashib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bir juft golli pas ham uzatdi.

Qizig‘i shundaki, Garsiya aslida “Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2020 yildan beri “Rayo Valekano” uchun to‘p tepmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!