
“Real” va “Barsa” o‘rtasida hech qachon o‘rtoqlik o‘yini bo‘lmaydi!
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti AQShga uyushtiriladigan safar doirasida “barselona” bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.
- AQShda “Barselona” bilan bo‘ladigan o‘yin haqida so‘rayapsizlar. Bu raqib bilan hech qachon o‘rtoqlik o‘yini yoki ko‘rgazmali bahs bo‘lmaydi.
“Barselona” – biz hurmat qiladigan va shu bilan birga o‘rtamizda juda katta raqobat davom etib kelayotgan jamoa. Shu bois bo‘lajak bahs ham shou, ham raqobatni o‘z ichiga olgan uchrashuv bo‘ladi, - dedi Karlo Anchelotti.
“Real” va “ Barselona” o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashui 24 iyul kuni AQShning Las-Vegas shahrida bo‘ladi. Bundan tashqari, madridliklar turne davomida Meksikaning “Amerika” va Turinning “Yuventus” jamoalari bilan ham bellashadi.
Fikrlar