“Real” va “Barsa” superyulduzni talashyapti

  • 2 noyabr, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniyaning ikki grandi – “Real” va “Barsa” bir futbolchiga qiziqib qoldi. Har ikki jamoa nazari “Bavariya” hujumchisi Leroy Sanega tushgan.

Sanening myunxenliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan. Agar 27 yoshli o‘yinchi joriy mavsum yakuniga qadar “Bavariya” bilan hamkorlik bitimini uzaytirmasa, klub rahbariyati yozda uni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Leroy Sanega Angliya grandlaridan taklif ham bor. “Liverpul” bu futbolchini Saudiya Arabistoniga ketishi kutilayotgan Muhammad Saloh o‘rniga olib kelmoqchi.

Joriy mavsumda barcha turnirlarda 14 uchrashuvda to‘qqizta gol urib, uchta golli pas uzatgan hujumkor futbolchining narxi 75 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!