
"Real" va "Barsa" bir futbolchi uchun kurashadi
Madridning "Real" klubi "RB Leyptsig" yarim himoyachisi Dani Olmoga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi TMW.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, futbolchi uchun kurashda "qaymoqranglilar" "Barselona" bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq, kataloniyaliklar Olmoni 2022 yilning yozidagi asosiy transfer maqsadiga aylantirgani haqida xabar berilgandi. "Barselona" ispaniyalik futbolchining transferi borasida allaqachon "RB Leyptsig"ga taklif yuborgan, ammo nemis klubi Olmo uchun 73 million evro talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Olmo “RB Leyptsig”ga 2020 yilda Zagrebning "Dinamo" klubidan 22 million evroga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsum u 2ta o‘yinla maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar