"Real" tajribali futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi

  • 27 dekabr, 2020, 22:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Tecno

Marca nashri xabariga ko‘ra, "Qirollik klubi" 35 yoshli xorvatiyalik bilan amaldagi kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirdi. Shu tariqa, xavbek madridliklar safida 2022 yil yozigacha qoladi.

Modrich "Real" safida 2012 yildan buyon to‘p surib keladi. U joriy mavsumda "qaymoqranglilar" tarkibida 3 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!