"Real" sobiq murabbiyi Meksika chempionatida ish boshladi

  • 30 dekabr, 2020, 09:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Santyago Solari Meksikaning "Amerika" klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Tecno

44 yoshli mutaxassis avvalroq Madridning "Real" jamoasini boshqargan edi. Solari boshchiligidagi "Amerika" ilk o‘yinini 9 yanvar kuni "Atletiko"ga qarshi o‘tkazadi. 

Ma’lumot uchun, Santyago futbolchilik faoliyatida Meksika chempionatida "Atlanta" jamoasi sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!