"Real" rahbariyati Pogba o‘rniga Zidanga 2 ta nomzod taklif qilmoqda

  • 11 may, 2019, 15:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi xavbeki Pol Pogba "Real"ga o‘tmasligi mumkin.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” rahbariyati 180 mln evroga baholanayotgan futbolchining transferiga qarshi chiqishmoqda. Ularning fikricha Pogba ushbu pullarga loyiq futbolchi emas.

Shu bois madridliklar Pogbani sotib olishni xohlayotgan jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanga uning o‘rniga 2ta nomzod taklif qilishmoqda. Bular Kristian Eriksen ("Tottenxem") va Donni van de Beklardir ("Ayaks"). Daniyalik futbolchi 85 million evro, gollandiyalik esa 25 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!