
“Real” qimmatbaho yulduzini Angliyaga jo‘natishga rozi bo‘ldi
“Liverpul” mutasaddilari kelasi yozda Saudiya Arabistoniga ketishni rejalashtirayotgan Muhammad Salohning o‘rnini bosa oladigan hujumkor futbolchi qidiryapti.
Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp bu pozitsiyaga “Real” vakili Rodrigo mos kelishiga ishonmoqda. Madridliklar “Liverpul” nishonida turgan futbolchisini Angliya Premer-ligasiga jo‘natishga tayyorligi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar Jud Bellingemni transfer qilganidan keyin Rodrigoning xizmatlariga ehtiyoj qolmagan. “Real” braziliyalik futbolchini 100 million evro to‘lagan jamoaga qo‘yib yuborishga rozi ekanini bildirdi.
22 yoshli hujumchiga “Liverpul”dan tashqari “Tottenxem”, “Arsenal”, “Bavariya” va “Pari Sen-Jermen” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar