
"Real" PSJ to‘sig‘idan o‘ta oladimi? Kroos bu savolga javob berdi
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos jamoasini Chempionlar ligasining 1/8 finalida PSJga qarshi kutib turgan o‘yin haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Bu juda qiziq qur’a bo‘ldi. PSJ - biz to‘qnash kelishimiz mumkin bo‘lgan barcha raqiblar ichida eng qiyini. Lekin biz aynan shunday o‘yinlar uchun maydonga chiqamiz. Biz PSJga qarshi uchrashuvni intiqlik bilan kutamiz. Biz "Real"miz va shuning uchun g‘alaba qozonishga katta ishonch bildiramiz", - dedi germaniyalik futbolchi.
PSJ va “Real” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 2022 yilning 15 fevralida bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini esa 9 mart kuniga rejalashtirilgan.
Fikrlar